Bilimlar kuni va mustaqillik bayramiga bag’ishlangan senariylar to’plamini qabul qiling.
Quyida taqdim etilayotgan mustaqilligimiz bayramiga bag’ishlangan senariylar sizlarning “Birinchi qo’ng’iroq” va “Bilimlar kuni” uchun tayyorlaydigan senariylaringiz uchun asqotadi degan umiddaman.
Mustaqillik bayrami uchun senariy — yuklab olish
Mustaqillik bayrami tadbir senariysi — yuklab olish
Boshlang’ich sinflar uchun bilimlar kuni tadbir senariysi — yuklab olish
NTT uchun mustaqillik bayrami senariysi — yuklab olish
Mustaqillik bayramiga bag’ishlangan eng sara she’rlar to’plami ushbu joylashgan.
Получите сборник сценариев, посвященных Дню знаний и Дню Независимости.
Надеюсь, что представленные ниже сценарии, посвященные празднику нашей независимости, будут полезны для ваших сценариев «Первого звонка» и «Дня знаний».
Сценарий ко Дню Независимости — скачать
Сценарий мероприятия День Независимости — скачать
Сценарий мероприятия дня знаний для начальных классов — скачать
Сценарий Дня Независимости для НТТ — скачать
На этой странице собран лучший сборник стихов, посвященный Дню Независимости.
OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo’riqnomasi bilan tanishing
-
O‘smir qizlarga tavsiyalar
-
Faqat qizlar o‘qisin: Yigitlar uylanishni istamaydigan QIZLAR
-
Erkaklar gapirishni istamaydigan, ammo indamay aziyat chekadigan muammo
-
Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?
DO`STLARGA ULASHING:
1-Sentyabr mustaqillik tadbir ssenariysi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 24 YILLIGIGA BAG`ISHLAB “BETAKRORIMSAN, YAGONASAN ONA VATANIM – O‘ZBEKISTONIM” SHIORI OSTIDA TAYYORLANGAN TADBIR SENARIYSI
Maqsad: a) O`quvchilarning erk,istiqlol,vatan tuyg`usi haqidagi
bilimlarini yanada mustahkamlash;
-
b) ularda tug`ilib o`sgan yurtiga,ona zaminga
sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini
qaror toptirish, ajdodlardan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,aqlan barkamol,ma`nan yetuk,komil insonlar etib tarbiyalash;
-
s) bolalarning dunyoqarashini,bilim va tafakkurini,mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.
Maktab hovlisi bayramona bezatilgan. Yon atrof vatanimizni madh etuvchi “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!”, ”Qadr-qimmatim, tayanchim, iftixorimsan, mustaqil Vatan!” kabi shior va plakatlar, rang-barang sharlar, anvoyi gullar, turfa xil bayroqchalar bilan bezatilgan.
Bayram tantanasiga hokimiyat, xalq ta`limi xodimlari, ota-onalar, mahalla faollari, ”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi.
(Sahnaga davrani boshqarib boruvchi milliy kiyimdagi suxandonlar-yigit va qiz kirib kelishadi).
1-suxandon:
Assalom,ona yurtim,go`zal diyorim,
Salom senga tuprog`i zar,buyuk Turonim!
Salom senga,jannatmakon bog`im,chamanim,
Mustaqil diyorim,O`zbekistonim!
2-suxandon:
Assalom,ulug` xalq,o`zbegim,
Dili pok,qutlug` xalq,o`zbegim!
Assalom,hur taqdir,istiqlol,
Iqbolim,sharafim,o`zligim!
Tong bilan yayraydi madhiyam,
Porlaydi yuksakda quyoshim,
Yo`l ko`rkam,el ko`rkam,dil ko`rkam,
Karvoning boshlayver,yurtboshim!
So`ngra O`zbekiston Respublikasining madhiyasi yangraydi.
1-suxandon:
Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar!
2-suxandon:
Aziz ustozlar,hurmatli o`quvchilar! Barchalaringizni eng aziz,eng ulug` bayram –Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz.
(Sahnaga kichik yoshdagi qizaloq va yigitcha kirib keladi).
Qizaloq:Otalari chiroyli,yurtim,
Yigitcha:Onalari chiroyli,yurtim,
Qizaloq:Jannatmakon deydilar ajab,
Yigitcha:Bog`-rog`lari chiroyli,yurtim.
Qizaloq:Yigitlari chiroyli,yurtim,
Yigitcha:Gul qizlari chiroyli,yurtim,
Qizaloq:Aslo senga ko`zlar tegmasin,
Yigitcha:Bayramlari chiroyli,yurtim!
(Qizaloq va yigitcha asta-sekin parda ortiga chekinishadi).
1-suxandon: Ha,aziz do`stlar,biz bilan siz ana shinday jannatmakon,barcha havas qilgulik,bayramlari chiroyli go`zal yurtda yashayapmiz.Bugun biz tantanalar bilan nishonlayotgan Mustaqillik kuni bayramlar ichida eng aziz,eng ulug`,eng suyukli bayramdir.
2-suxandon:Aziz yurtdoshlar! Jannatmakon O`zbekistonimiz tarixiga 1991-yil 31-avgust”Asrga tatigulik kun”sifatida zarhal harflar bilan bitildi.Ushbu kunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi bayonoti,O`zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
1-suxandon:Har yili 1- sentyabrni O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami sifatida tantanali tarzda nishonlaymiz. Mustaqilligimizning 24 yilligiga atab tayyorlangan, ”Qadr qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!” deb nomlangan bayram tadbirimizni ochiq deb e`lon qilaman. Barchalaringizga vatan ravnaqi yo`lidagi sharafli va mashaqqatli ishlaringizda omad yor bo`lsin!
2-suxandon: Yurtimizda bayramlar ko`p,to`ylar ko`p,
Orzu-havas, intilishlar, o`ylar ko`p.
O`zbekiston madhi yangrab taralar,
Dildan kuylab, jo`r bo`laylik, jo`ralar!
(Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi ,,Shunday bayram dunyoda yo`q!” ashulasi magnit lentasi orqali eshittiriladi, raqsida maktab raqs to`garagi qizlari).
Do`qqa, do`qqa, do`q,
Olamda yoq.
Shunday go`zal
Dunyoda yoq, voy doda.
Do`qqa,do`qqa,do`q
Olamda yo`q
Shunday bayram
Dunyoda yo`q,voy doda.
Navoiyning yo`llari soz,
Yo`llarida o`ynaydi g`oz,voy doda.
Sho`x qizlari, qo`qon gilos
Yigitlari ishqiboza, voy doda.
(“Omonyor” ashulasi va raqsi ijro etiladi).
1-suxandon:
(Dastlab tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtiradi).Dastlabki tabrik so`zini maktab direktoridan eshitamiz.Marhamat.
Maktab direktori:
Aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, ota-onalar va hurmatli o`quvchilar!
O`zbekiston Respublikasi 1991-yil 1-sentabrdan beri mustaqillik kunini doimo tantanali tarzda nishonlab kelmoqda.Istiqlol bayramingiz muborak bo`lsin!
Mustaqillik –xalqimiz uchun asriy armon bo`lib kelayotgan edi. Uni qo`lga kiritish oson kechmadi.Mustaqillik uchun minglab dono va oqil kishilarimizdan judo bo`ldik.Xalqimizning ko`pgina suyukli farzandlari qatag`onlik qurbonlariga aylandi.
O`zbekistonning mustaqillikka erishishining tarixiy ahamiyati juda katta. O`zbekiston mustaqillik tufayli qaramlikdan butunlay qutuldi.Erkin,ozod mamlakatga aylandi.O`zining yer osti va yer usti boyliklariga o`zi egalik qilish huquqini qo`lga kiritdi.
O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o`z oldiga huquqiy demokratik davlat tuzish masalasini ko`ndalang qilib qo`ydi.
Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan “O`zbek modeli”deb nomlangan taraqqiyot modeli ishlab chiqildi.Bu taraqqiyot modelining respublika sharoitiga mos holda tuzilgani ko`pgina xorijiy davlatlar tomonidan ham e`tirof etilmoqda.
Davlatimiz mustaqillik tufayli 24yil davomida iqtisodiy,ijtimoiy,siyosiy sohalarda katta yutuqlarga erishdi.Milliy an`analar,qadriyatlar,tarixiy yodgorliklarimiz qayta tiklandi.
Ta`lim sohasida ham ko`p o`zgarishlar yuz berdi.
XXI asr, albatta, o`zbeklar asri bo`ladi deb ishonaman. Barchalaringizga ishlaringizda,o`qishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman.
1-suxandon: Rahmat,ustoz,doimo ishlaringizga omad tilaymiz.
2-suxandon:
Ey,go`zal yurtim,muborak shonli istiqlol senga,
Yarqirab taqdir yo`li baxsh aylagan iqbol senga.
Sho`x navo,shodlik bilan olamga ko`rsat o`zliging,
Toki yulduzli samolar boqsa boqsin lol senga.
1-suxandon:
Hayrat-u faxr ichra madhingni qilurmiz,ey Vatan,
Har nigohda mehrimiz izhor etib yaqqol senga.
Do`stlig-u tinchlik bilan olamga mashhursan o`zing,
Ey,go`zal yurtim,muborak shonli istiqlol senga!
2-suxandon:
Mustaqil O`zbekiston! Qarang,bu so`z qanday yoqimli jaranglaydi. Ko`ngillarga oroyish-tahsin bag`ishlaydi. Shu birgina so`z zamirida qanchadan-qancha ma`no mujassam. Mustaqillik bizga osmondan sovg`a sifatida tushgani yo`q. Mustaqillik, erk uchun kurashgan qo`rqmas, mard, jasur ko`plab ajdodlarimiz o`z jonlarini vatan uchun fido qildilar. Ularning orzulari armonligicha qolib ketdi.Lekin ularning ruhlari tirik. Eslaysizmi,ular kimlar edi?
(“Cho`li Iroq”kuyi chalinadi.Sahnaga birin-ketin To`maris, Shiroq, Muqanna, Najmiddin Kubro, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Cho`lpon timsolidagi o`quvchilar kirib kelishadi).
To`maris:
Men, To`maris, olis moziydan
Keldim sizning huzuringizga.
Ajdodlarim dildan istagan
Erkin, obod diyoringizga.
Sadqa qildim yolg`iz farzandim,
Ona xalqim va yurtim uchun.
Bosh ko`tarsa,agar g`animlar,
Zarb beraman yig`ib bor kuchim.
Shiroq:
Kimki Vatanimga ko`z olaytirsa,
Yomon niyat bilan gar bossa qadam.
Ko`zlari ko`r bo`lib,shal bo`lgusidir,
Toabad badnom bo`lib,xor bo`lgusidir.
Muqanna:
Xalqqa ayting,men also o`lganim yo`q,
Yov qo`lida taslim ham bo`lganim yo`q.
Men elimning yuragida yashayman,
Erk deganning tilagida yashayman.
Najmiddin Kubro:
U dunyo-bu dunyo Vatan bizga or,
Dunyolarga sotmadik nomusimizni.
Aziz vatandoshim,ayladik yodgor,
Erksevarlik,yurtsevarlik qomusimizni.
Amir Temur:
Men yarim dunyoni darbadar kezdim,
Bitta yurak bilan,bir qilich bilan.
Dushmanni yurtimdan badarg`a etdim,
Bitta oyoq bilan,bitta o`ch bilan.
Taajjub noo`rin,gumonlar xato,
Tavallo qilurman,amr qilurman.
Ostimda bir zamin,tepamda Xudo,
Yakka-yu yagona Amir Temurman.
Jaloliddin Manguberdi:
Nomus uchun nomni emas,ruhni o`stir,
Og`ir kunda yovdan qochgan yovga do`stdir.
Yurt chorlasa,suvlarni kech,o`tlarga kir,
Fidoyi bo`l,yurting uchun fidoyi bo`l.
Mirzo Ulug`bek:
Bag`rimda bo`y yetgan bo`z bolam,
Mergan bolam,lochin ko`z bolam ,
Bo`g`zimga tig` urgan o`z bolam,
Men dardimni kimga aytaman?
Cho`lpon:
G`ururi bo`g`ilib,erki yanchilgan,
Xalqim taqdirini o`ylagan edim.
Mustabid tuzimning tig`i sanchilgan,
Ozodlik va erkni kuylagan edim.
Ozod bo`larmikan o`zbegim,armon.
Haqsizlik qurboni bo`lganman,Cho`lpon.
Abdulla Qodiriy:
Moziyga guvohdir “O`tgan kunlarim”
Oromni bilmasdan oqshom,tunlarim.
Zamondoshim edi Munavvar Qori,
Zamonni titratdi Behbudiy zori.
Davr qurbonimiz bizda yo`q gunoh,
Otildik, bizlarga bo`lmadi guvoh.
(Asta-sekin timsollar sahna ortiga chekinishadi).
1-suxandon:Ulug` vatan urushi va qatag`onlik yillarida qurbon bo`lgan qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz ham o`z jonlarini vatan uchun fido qildilar. Ular ham yashashga haqli edilar. Biz hamisha ularni qadrlaymiz,esga olamiz. Hozir qatag`onlik yillari hayoti haqida sahna ko`rinishi namoyish etamiz. Biz hech qachon ularni unutmaymiz, chunki ular biz va bizning bugungi kundagi tinch hayotimiz uchun jonlarini fido qilishgan.
(“So`roq”, To`lan Nizom she`ri, Cho`lpon haqida).
-
“Yorqinoy”ni kim yozgan?
-
Men yozganman.
-
“Qurboni jaholat”ni?
-
Uni ham men.
-
“Kecha-kunduz”senikimi?
-
Albatta,meniki.
-
“Hamlet”ning tarjimoni?
-
Eng avvalo,men.
-
Pushkin o`zbekchasini?
-
Men qilganman.
-
“Ona”ni o`zbekchaga kim o`girgan?
-
Men birinchi kitobin.
-
Hofizni o`qiysanmi?
-
O`qiyman.
-
Mashrabni ham bilasan?
-
Ayibdorsan,bo`yningga ol.
-
Mehnatim halol.
-
Ana aytmadimmi,sensan qasoskor,
Asarlaring g`oyasi chatoq.
Tarjimangda ko`p illat bor.
U teskari,ming yamoq.
Shular bari senikimi?
-
Bular bari meniki.
-
Bu jinoyat, vassalom.
Imzo chek, o’ nodon, bedod!
Imzo qo`yildi, hayhot.
2-suxandon: Ha, do`stlar,mustaqillik ana shunday og`ir kunlar hisobiga qo`lga kiritilgan. Biz buni unutmasligimiz lozim.
1-suxandon: Endi bayram bilan tabriklash uchun so`z navbatini shahar xalq ta`limi vakiliga bersak. Marhamat.
Xalq ta`limi vakili:
O`zbekiston o`z mustaqil taraqqiyotining ilk kunidan boshlab inson, uning huquq va manfaatlarini oily qadriyat sifatida ulug`lab kelmoqda.Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan inson manfaatlarini ta`minlash barcha o`zgarish va islohotlarimizning bosh maqsadiga aylandi.Buni birgina ta`lim sohasidagi o`zgarishlar misolida ham yaqqol ko`rish mumkin.
Mamlakatimizning bu borada erishayotgan natijalari xalqaro hamjamiyatlar tomonidan ham yuksak e`tirof etilmoqda.Bu aniq ilmiy-amaliy tadqiqotlar, xalqaro tahliliy hujjatlarda ham o`z aksini topmoqda.
Biz uchun g`oyat quvonarli narsa shuki,ta`lim sohasidagi innovatsiyalar ko`rsatgichi bo`yicha O`zbekiston reytinglar ro`yxatida 75.38 ball bilan dunyoda ikkinchi o`rinni egallagan. Birinchi o`rinni esa Irlandiya band etgan. Daniya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Belgiya singari bir guruh rivojlangan Evropa va boshqa qit`a mamlakatlari ushbu ro`yxatning keyingi o`rinlaridan joy olgan.
Ko`rdingizmi,O`zbekistonni ta`lim sohasida jahon tan olmoqda.Kelajak avlodlarimiz bizdan-da kuchli,bizdan-da qudratli bo`lishini chin dildan istab qolaman.
2-suxandon: Hozir sizlarning e`tiborlaringizga havola etilayotgan Dilshod Rajab so`zi bilan “Bulbulcha” dastasi ijrosida aytiladigan “Istiqlol bolalari”ashulasini bayram tuhfasi sifatida qabul qilingizlar.
Istiqloldan bahra olgan,
Yurt mehrini dilga solgan,
Shodlik kuyin baland chalgan,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o`g`il-qiz bolalar.
Chaqin chaqar ko`zimizda,
Olov bor-da ko`ksimizda,
Yolg`on yo`qdir so`zimizda,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o`g`il-qiz bolalar.
Vatan ozod — Vatan obod,
Kelajakka boramiz shod,
Shodon avlod-sog`lom avlod,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o`g`il-qiz bolalar.
A`lo o`qish — chin ontimiz,
O`zbek elin quvonchimiz,
Ulug` Vatan ishonchimiz,
Biz bolalar,biz bolalar-
Quvnoq o`g`il-qiz bolalar!
1-suxandon:Endigi tabrik so`zini mahalla oqsoqolidan eshitsak. (U kishi maktab, mahalla, jamoatchilik hamkorligini rivojlantirish haqida gapirib o`tadi).
2-suxandon:
Yangi davr keldi,o`zgardi zamon.
Zamon zayli bilan o`zgardi inson.
O`zgardi jamiyat,o`zgardi hayot,
O`zgardi qo`shig`-u o`zgardi bayot.
(Ekranda mustaqillik tufayli O`zbekistonda yuz berayotgan hayot lavhalari namoyish etiladi).
1-suxandon: Mustaqil O`zbekistonning kelajagi buyukdir. Mustaqillikni mustahkamlash biz, yoshlarning zimmamizdadir.Biz ona yurtimizni, xalqimizni, madaniy merosimizni avaylab-asrashga har birimiz burchlimiz. Yurtboshimiz aytganlariday: “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo`lmaymiz”.
2-suxandon:Jannatmakon O`zbekistonimiz mustaqillik yillarida tanib bo`lmas darajada o`zgarib ketdi.Ko`hna va hamisha navqiron Samarqandning 2750.Namanganning 2000 yilligi va Toshkentning 2200 yillik to`ylari nishonlandi.Toshkent shahri Islom madaniyatining poytaxti deb e`lon qilindi.O`zbekiston 1992-yil 2-martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo`ldi.Hozirgi kunda yurtimizda xorijiy davlatlar bilan birgalikda ko`plab qo`shma korxonalar ishga tushdi.
1-suxandon:Bugungi kunda 130dan ortiq millat vakillari Vatanimizda tinch-totuv,ahil yashab kelmoqda.Yurtimiz tinchligi ham Prezidentimiz I.A.Karimovning dono rahbarligi tufaylidir.
(“Do`stlik” raqsi ijro etiladi).
Maydon uzra davra qurar o`zbek kurashda,
To`nlarni yelka-la surar o`zbek kurashda.
O`zbekning kurashi o`zidek halol
Dast ko`tarib yerga urar o`zbek kurashsa!
Polvonlar yurt maydonida qo`llasin sizni,
Alpomishlar ruhi doim qo`llasin sizni!
1-suxandon: Hademay mustaqil O`zbekistonimiz dunyodagi rivojlangan davlatlardan biriga aylanadi.
2-suxandon: Nasib etsa, barchamiz buning guvohi bo`lamiz, albatta. Biz mustaqil ozod va obod yurtimiz bilan hamisha faxrlanamiz. O`zbekiston bizning qadr-qimmatimiz, tayanchimiz va iftixorimizdir.
1-suxandon:
Onam-O`zbekiston,nurlar yurtisan,
Bepayon xazinam,durlar yurtisan,
Donishmandlar yurti,hurlar yurtisan,
Olloh nazar slogan yurtlar yurtisan,
Seni jon ichida asrash ahdimiz,
O`zingsan muqaddas,oily faxrimiz!
2-suxandon:
To jahon boricha baxting bor bo`lgay,
Osmoning hamisha beg`ubor bo`lgay,
Istiqloling mangu,barqaror bo`lgay,
Yurtboshimiz mehri doim yor bo`lgay.
O`zingsan borligim,jon-tanim o`zing,
Jonlar fido senga,Vatanim mening!
1-suxandon: Hammalaringizni yana bir bor yurtimizning 24 yillik mustaqillik to`yi bilan qutlaymiz.Osmonimiz hamisha tinch,musaffo,xalqimiz sog`-salomat bo`lishsin!
(Tadbir “To`ying muborak!”ashulasi bilan yakunlanadi).
Tadbir senariysi
Barcha bayram uchun tadbir senariysi, tadbir ishlanmasi. Bayram tadbirlari uchun ssenariylar pdf shaklda yuklab oling.
8-dekabr Konstitutsiya kuni tadbir ssenariylar
E’tiboringiza 8-dekabr Konstitutsiya kuni tadbir ssenariylar ssenariysi ni havola etamiz. Ushbu ssenariylar to’plamini yuklab oling. Jami 12ta.
Konstitutsiya ssenariylar
8 декабря – Конституция. сценарий 1
8 декабря…
Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan tadbir
Ushbu sahifamizda Zulfiya Isroilovaning xotirasiga bag’ishlangan tadbir ssenariysi, Zulfiyaxonim she’rlari bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.
Buni ham o’qing>> Zulfiya Isroilova She’rlar to’plami. Zulfiya…
Hosil (Mehrjon) bayrami tadbiri ssenariysi
Mehrjon bayrami
Boshlang’ich sinflar uchun “Mehrjon bayrami” tadbiri ssenariysi.“Hosil bayrami”ni xalqimiz qadim zamonlardan beri kuz faslida yig’im-terim ishlari paytida o’tkazib kelganlar. Bu bayramda dehqonlar, bog’bonlar,…
8-mart xotin-qizlar bayram ssenariysi
8-mart xotin-qizlar bayrami
Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va…
9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
Alisher Navoiyga bag’ishlangan tadbir
Maqsad va kutilyatgan natijalar:
Ta’limiy maqsad: A.Navoiyning hayoti va ijodi bilan tanishtirish. Asarlaridan olingan parchalar ma’nosini tushuntirish. Berilgan rol matnlarini va she’riy…
Navro’z -bahor bayrami ssenariylar to’plami
Navro’z -bahor bayrami
Ushbu sahifamizda Bahor bayrami bo’lmish navro’z bayramiga atalgan ssenariylar to’plami keltirilgan havolani ustiga bosing va bepul yuklab oling.
21-mart navro’z bayrami
navro’z tadbir ssenariysi
navro’z…
Alifbe bayrami ssenariylar va ko’rgazmalar to’plami
Savodxonlik bayrami
Mazkur sahifamizda 1-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan alifbe bayrami uchun kerak bo’ladigan ssenariylar va har xil ko’rgazmalar jamlangan.
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarimiz Alifbe bayramiga tayyorgarlik jarayonida…
Darsliklar
Darsliklar. 2-sinf darsliklar. 2 sinf darsliklarning elektron shakllari
Etiboringizga 2-sinf darsliklar ni havola etamiz. Ushbu 2-sinf darsliklarni yuklab oling va ulardan foydalaning.
O’zbek tilida
Rus tilida
Atrofimizdagi olam
Atrofimizdagi olam
Matematika
Matematika
Musiqa
Musiqa
Ingliz tili
Ingliz tili
Ingliz tili (daftar)
Ingliz tili (daftar)
Fransuz…
She’rlar to’plami
Tug’ilgan kun va bayram tabrik she’rlari
Tug’ilgan kun va bayram tabrik she’rlari.Sahifamizda bolalar va kattalar uchun mo’ljallangan bayram tabriklarining eng sarasi jamlangan.
Tabrik she’rlari.
Sevimli odamingiz uchun eng yaxshi tug’ilgan kun tabriklari….
Islom Karimov xotirasiga atab she’rlar va hikmatli so’zlari to’plami.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga she’rlar to’plami, Prezidentimizning aytgan ma’noga boy so’zlari haqida.
Islom Karimov haqida.
Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994)….
Alisher Navoiy G’azallari va ruboiylar to’plami
Alisher Navoiy tomonidan yozilgan G’azallari va ruboiylar to’plamini sizlarga havola etamiz. Undan tashqari 9-fevral Alisher Navoiy tug’ilgan kuni uchun saralangan ssenariylar to’plami ham mavjud….
Meva va sabzavotlar haqida qiziqarli she’rlar.
Kattalar va bolalar uchun Meva va sabzavotlar haqida qiziqarli she’rlar.Bolalar uchun olma, behi,shaftoli mevalari va sabzavotlar haqida eng yangi she’rlar to’plami.
Meva va sabzavotlar haqida.
Meva…
Topishmoqlar
Tabiat hodisasi haqida topishmoqlar to’plami
Tabiat hodisasi haqida topishmoqlar to’plami
Tabiat hodisasi topishmoqlar
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
(Osmon)
Ko‘k kosani to‘ntardim.
(Osmon)
Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim.
(Osmop, yulduzlar)
Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.
(Osmon, quyosh)
Qiziqarli topishmoqlar to’plami
Uzoq tog‘da…
Odam va uning azolari haqida topishmoqlar to’plami.
Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)
To‘rtida tariqday,
O‘ttizda ayiqday,
To‘qsonida tovuqday.
(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)
O‘zi bitta,
Kallasi ikkita,
Dumi…
Parranda va qushlar haqida topishmoqlar javobi bilan
Parranda va qushlar haqida topishmoqlar javobi bilan
Erta turadi,
Jar chaqiradi.
(Xo‘roz)
Boshi taroq,
Dumi o‘roq.
(Xo‘roz)
Bir qo‘shnim bor avval boshdan,
Soqoli uning qizil go‘shdan.
Sahar turib shovqin solar,
Xabari yo‘q hech bir…
Hasharotlar haqida topishmoqlar. Topishmoqlar javobi bilan
Hasharotlar haqida topishmoqlar. Topishmoqlar javobi bilan
Kichkina mitti,
Shoxini tirab suv ichdi.
(Ari)
Zuv-zuv borar,
Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir,
G‘alvir to‘qir.
(Ari)
Uchib yurgan qarg‘aning
Inin buzib bo‘lami?
(Ari)
Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.
(Ipak kurti)
Ko‘k yeb, oltin…
«Алифбе байрами» — ўқувчиларнинг дастлабки эришган ютуқларининг якуни ҳисобланади. Байрам эрталигини мазмунли уюштириш. Бу байрам таълимда муҳим ўтказиш лозим. Бу байрам таълимда муҳим аҳамиятга моликдир. Байрамга олдиндан тайёргарлик кўриш болаларда мустақиллик, ташаббускорлик каби фазилатларнинг таркиб топишга ёрдам беради.
🔥12.9 K марта кўрилди
Ушбу саҳифада «21-октябр – Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун» тадбир сценарийсини юклаб олишингиз мумкин.
🔥24.6 K марта кўрилди
Ўқитувчилик азал – азалдан эътиборли касб ҳисобланади. Дунёнинг ҳеч қайси мамлакатида ўқитувчи – мураббийларга нисбатан бу қадар эътибор каратилмаган, эъзозланмаган. Мамлакатимизда 1997 йилдан бошлаб 1-октябрь «Ўқитувчи ва мураббийлар куни» умумхалқ байрами сифатида нишонланиб келинмоқда.
🔥18.6 K марта кўрилди
Ёшларни ватанпарвар, теран тафаккур соҳиби этиб тарбиялаш борасидаги ишлар жараёнида замонавий тарғибот материалларини тайёрлашга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан ишланган “Дарё ортидаги топшириқ” филми ҳарбий Баҳром Иброҳимовнинг ҳаёт йўли ва иккинчи жаҳон урушида кўрсатган қаҳрамонликларини ҳақида…
🔥9.0 K марта кўрилди
Наврўзи оламни биз барча шарқ халқлари қаторида азал-азалдан, минг йиллар давомида эъзозланиб келаётган, энг қадимий ва энг севимли, ҳақиқий умумхалқ байрами сифатида қадрлаймиз. Азалий ва абадий байрам – Наврўз эл-улус қалбида яратиш ва бунёдкорлик ҳисларини ўзида мужассам этган, элимизнинг табиати,…
🔥7.2 K марта кўрилди
Аёл борки, олам мунаввар, аёл борки, ҳаёт гўзал ва мафтункор. Инсон, оила, аёл тушунчаларини бир-биридан ажралган ҳолда тасаввур этиб бўлмайди. Аёлларни, қизларни баҳорга қиёслашади, баҳорни уларга. Гўзаллик, нафосат, янгиланиш, ҳаёт давомийлиги баҳор ва аёл тушунчаларида уйғунлашиб кетади.
🔥6.1 K марта кўрилди
Зулфия (тахаллуси; тўлиқ исм шарифи Зулфия Исроилова 01.03.1915 Тошкент –01.08.1996) – таниқли ўзбек шоираси, журналист, таржимон, жамоат арбоби. Ўзбекистон халқ шоираси(1965). Меҳнат Қаҳрамони (1984). Зулфия 1915- йилнинг 1-мартида Тошкент шаҳрида Исроил темирчи оиласида туғилди. 1922-йилдан 1931-йилгача мактабда, сўнг 1931 –…
🔥31.4 K марта кўрилди
Маълумки ноябрь ойи — инглиз тили фан ойлигидир. Шундай экан, бу ойда ҳар бир инглиз тили фани ўқитувчиси дарсларда ва дарсдан кейин фаолроқ бўлишлари лозим. Айниқса дарсдан кейин фаоллик қилиб ўқувчиларни қўшимча машғулотларга жалб қилишлари лозим. Инглиз тили ўқитувчимиз Содиқов…
🔥14.4 K марта кўрилди
Халқ таълими вазирлиги мактабларда «Биринчи қўнғироқ» тадбирларини ўтказиш бўйича тавсиялар бериб ўтди.
🔥7.5 K марта кўрилди
Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 14 январда қабул қилинган “Ватан ҳимоячилари кунини белгилаш тўғрисида”ги Қонунига биноан мамлакатимизда 14 январь – Ватан ҳимоячилари куни миллий байрам сифатида катта тантана билан нишонлаш ўзига хос анъанага айланган.
🔥33.6 K марта кўрилди
Замоннинг шиддатини кўрингки, кўз очиб юмгунча тўрт фасл алмашиб, 2021 йилнинг остонасида турибмиз. Файзли хонадонларимизга янги йил қадам қўйган фурсатда эски йил умримизнинг бир бўлагини ўзи билан тарих қатларига олиб кетди. 2020 йил тарих саҳифаларига бой берилган йил сифатида, ўзига…
🔥20.0 K марта кўрилди
Ўқувчи-ёшларга мустақил ҳаётга йўлланма бериш ҳамда ўқув йилининг якунига бағишланган “Хайр, мактаб – салом, коллеж!” тадбирлари 25-май куни республикамиздаги барча умумий ўрта таълим мактабларида ўтказилади. Мазкур тадбир нафақат ўқувчилар балки ўқитувчилар, ота-оналар учун ҳам эсда қоларли, ҳаяжонли дамлар ҳисобланади.
🔥6.0 K марта кўрилди
Ўқитувчилик азал – азалдан эътиборли касб ҳисобланади. Дунёнинг ҳеч қайси мамлакатида ўқитувчи – мураббийларга нисбатан бу қадар эътибор қаратилмаган, эъзозланмаган. Мамлакатимизда Республика Президентининг Фармони билан 1997 йилдан бошлаб 1-октябрь «Ўқитувчи ва мураббийлар куни» умумхалқ байрами сифатида нишонланиб келинмоқда.
🔥13.0 K марта кўрилди
Мақсад: “Саёҳат” мавзусида ўзлаштирилган лексик материални амалда фаоллаштириш, диалогик нутқ кўникмаларини машқ қилиш, грамматик кўникмаларни мустаҳкамлаш. Жиҳозлар: “Карусел” ўйини учун кубик ва иккита картон айлана, копток, викторина ғолиблари учун медаллар. Тадбирнинг бориши I. Ташкилий қисм — Good morning, my dear…
🔥5.9 K марта кўрилди
O Zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 Yilligi Munosabati Bilan O Tkazilayotgan Bayram Tadbiri
1:54:55
210.42 MB
Yulduz Usmonova O Zbekiston 2022
09:28
17.33 MB
Янги Ўзбекистон боғида Мустақиллик байрами тантаналари
43:04
78.86 MB
Янги Ўзбекистон боғида мустақилликнинг 30 йиллигига бағишланган байрам концерт дастури
1:36:42
177.06 MB
Mustaqillik Bayrami
2:40:14
293.40 MB
Mustaqillik Bayramida Ilk Marta Turkiston Muxtoriyati Yodga Olindi
05:26
9.95 MB
SHAVKAT MIRZIYOYEV GULSANAM MAMAZOITOVA CHIQQANDA VAZIRGA NIMA DEDI MUSTAQILLIK KUNI 2022 QAYDASAN
01:18
2.38 MB
Мустакиллик байрами Муборак булсин
01:32
2.81 MB
Мустақиллик 31 йиллиги байрами Mustaqillik Fargona Bayram Konsert Uzbekistan
2:09:22
236.88 MB
Ватанимиз мустақиллигининг 31 йиллиги билан қутлаймиз
03:39
6.68 MB
Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 30 йиллигига бағишланган байрам тантаналари
3:11:33
350.74 MB
Ona Vatan Ozodbek Nazarbekov 2022 Yil Premyera OnaVatan Mustaqillik Vatanhaqida
02:43
4.97 MB
Ўзбекистон Мустақиллик Президент Янги Ўзбекистон тушунчасига қандай таъриф берди
03:01
5.52 MB
Yangi O Zbekiston Bog Ida Mustaqillik Bayrami Salyuti 31 08 2022
06:11
11.32 MB
Aida Prezident Oldida Kuyladi
02:30
4.58 MB
Мустакиллик байрами Дустлик тумани жонли эфир 29 08 2022 й 01
09:26
17.27 MB
Давлат мустақиллигининг 31 йиллиги муносабати билан ташкил этилган байрам тадбирлари
06:16
11.47 MB
MUSTAQILLIK BAYRAMI EVOLYUTSIYASI 1992 2022 YILLAR
06:11
11.32 MB
Yurtimizning 31 Yilligi Keng Nishonlanmoqda Sariosiyoda Mustaqillik Bayrami
02:48
5.13 MB
Mustaqillik 31 Yil Hujjatli Film ULAR
1:02:49
115.02 MB
MUSTAQILLLIK BAYRAMI OXIRGI QISMLARI 2006
10:11
18.65 MB
1СЕНТЯБРЬ МУСТАКИЛЛИК БАЙРАМИ БИЛАН
01:11
2.17 MB
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон мустақиллигининг 31 йиллигига бағишланган маросимда нутқ сўзлади
27:10
49.74 MB
Yulduz Usmonova Kel Kel Navro Z Bayrami 2022
04:12
7.69 MB
Mustaqillik Bayrami
12:03
22.06 MB
Mustaqillik Bayrami 2022
51:06
93.57 MB
Дўстлик туманида мустакилликнинг 31 йиллик байрами 29 08 2022 й
03:43
6.81 MB
Botir Qodirov Mustaqilligimizning 31 Yilligi Munosabati Bilan Xalqimizga Bayram Tabrigi
00:26
812.50 KB
Мустақиллик байрами кўтаринки руҳда ўтди
01:56
3.54 MB
МУСТАКИЛЛИК БАЙРАМИ МУБОРАК MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK
01:14
2.26 MB
мустакиллик байрами бурж халифада Shorts рекомендации Fyp 2022
00:50
1.53 MB
БЕРУНИЙ ТУМАНИ МУСТАКИЛЛИК БАЙРАМИ
55:59
102.51 MB
Мустақиллик байрами 31 йил
03:00
5.49 MB
МУСТАКИЛЛИК БАЙРАМИДА ЮРТДОШЛАРИМИЗ НЕЧА КУН ДАМ ОЛАДИ
01:43
3.14 MB
Mustaqillik Bayrami
06:41
12.24 MB
Namangan Gullar Bayrami 2022 Наманган гуллар байрами 2022
20:41
37.87 MB
БЛОГЕР НАМАНГАНДАГИ ШОВ ШУВЛИ ГУЛЛАР БАЙРАМИНИ ТАРКАТДИ 2022 г
14:27
26.46 MB
Мустақиллик 31 йиллиги муносабати билан уюштирилган ажойиб салют шоуси 31 08 2022
01:56
3.54 MB
Мустакиллик Байрами Оби Хаёт Махалла 28 08 2022
23:41
43.37 MB
Амнистия яъни авф этиш Навоийда амнистияга тушганлар ҳакида ДХХ
03:11
5.83 MB
1 SENTYABR MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK
22:32
41.26 MB
Mustaqillik Bayrami 31 Yilligi
02:53
5.28 MB
Устоз – улуғ зот
1 — бошловчи: Ассалому алайкум, азиз ва мўътабар устозу мураббийлар!
2 — бошловчи: Ассаламу алайкум, қадрли меҳмону мезбонлар! Бугунги тантанамиз – улуғ устозларимизга бағишланган “Устоз – улуғ зот” деб аталувчи шодиёнамизга хуш келибсиз!
1 — бошловчи: Бугун ўлкамизда тўю тантана. Бугун устозлар байрами. Устозу муаллим! У фидойи инсон. Устоз… Устоз – улуғ зот! У мағрур жаранглайди. Шу биргина сўз замирида олам — олам маъно, олам — олам меҳнат бор. Ўқитувчи софдил, камтарин, маънавий бой, ахлоқий пок инсондир. Улар пойларига гулдасталар сочсак, доимо ҳурматларини адо этиб ардоқласак арзийди, чунки устозлар бугун кучларини. Ақл — идрокларини, билим ва зеҳнларини қалб қўрию сеҳрларини биз шогирдларига бахшида этган заҳматкаш инсонлардир. Улар бизларга оқ — қорани, яхши — ю ёмонни танитиб, жажжи қўлларимизга илк бор қалам тутқазиб, “ОНА”, “ОТА”, “ВАТАН”, “Эзгулик”, “Бахт” каби сўзларни ёзишга ўргатган буюк зотдир.
1 — бошловчи:
Ассалом, эй, калб тўридан,
Жой олган, эй, буюк зот.
Бош эгармиз қаршингизда,
Таъзим айлаб умрбод.
2 — бошловчи:
Устозлардир номингиз,
Шарафли меҳнатингиз,
Куйлай баланд, ардоклай
Шогирдлик бурчим оклай.
1 — 2 — бошловчи: Бугунги кечамиз сизларга бағишланади.
(Рақс. “Омон — омон” Бахтиёрова Моҳинур)
1 — бошловчи:
Сиз мўъжаз юракка таратган ёғду,
Оқибат қуёшдек ёқа олган нур,
Буюклар ҳақига қасамёд гап бу
Сиздан бошланади асли тафаккур.
2 — бошловчи:
Оламда кўп эрур муборак онлар,
Табаррук зотлар ҳам гарчанд кўп эрур.
Сизгадир илк раҳмат, азиз инсонлар,
Мунис муаллимлар, сизга ташаккур!
1 — бошловчи:
Муаллим хакида сузим ушбудир,
Муаллим камолот ичра кўзгудир.
Ўқидим Геродот тарихин кўп бор,
Форобий, Дантени такрор ва такрор.
2 — бошловчи:
Барини ўқидим, лол қолди ақлим,
Барига устозсан ўзинг, муаллим.
Алишер қалбига солгай сеҳр, файз,
Сенсан, эй, муаллим, устоз Абу — Лайс.
(Саҳнага А. Жомий, А. Навоий, А. Авлоний чиқиб келади)
А. Жомий:
Бисмиллоҳир Раҳмонир роҳим… Азиз фарзандларим, жигарбандларим, тингланг! Ҳар бир авлод ўз жамиятини устоз — муаллимсиз тасаввур эта олмайди. Хаётнинг гўзаллиги, фаровонлиги, ободлиги, қолаверса, истиқлолингиз равнақи муаллим меҳнати биландир. Шунинг учун мен бугун ҳам:
Жаҳонда бўлмаса муаллим, агар
Ҳаёт ҳам бўлмасди гўзал бу қадар, — деб баралла айта оламан
(таъзим бажо келтиради).
А. Навоий:
Устоз мавлоно А. Жомий лутф айлаганлари каби, оламни илм ёритади. Шунинг учун камина ҳам:
Турк назмида чу тортиб мен алам,
Айладим ул мамлакатни яккалам, — дейман.
Илмни, одобни устоз — муаллимлар кўп машаққатлар, фидойи меҳнатлари эвазига инъом этурлар, сизлар улар эъзозини, ҳурматини доимо бажо келтириб
ардокдашингиз лозимдур. Улар меҳнати сиз учун беҳисоб кўлдур. Шунинг учун мен сизларга бугун ҳам:
Ҳак йўлида ким сенга бир ҳарф ўқитмиш ранж ила,
Айламак бўлмас адо онинг ҳаққин минг ганж ила,- дея насиҳат қилурман.
Абдулла Авлоний:
Азизларим! Давр сиздан кўп меҳнатни, фидойиликни талаб қилмокда. Шунинг учун менинг ўгитларимга қулоқ беринг: “Тарбия бизлар учун ё хаёт — ё мамот, ё нажот — ё ҳалокат, ё саодат, ё фалокатдир. Шундай экан, миллий мафкурани онгимизга сингдирувчи амалий тарбияни йўлга қўйиш жамиятимизнинг соғлом муҳитини етаклаш билан баробар эканини англашингиз даркор.
Ана шундай улкан мақсадингиз йўлида буюк устозлар ўгитлари сизларга мададкор бўлсин! (Таъзим килади).
(Улар хам пастга тушиб, одамлар орасига ўтирадилар).
Иккала бошловчи хитоб билан:
Кел, эй, Жомий,
Навоий халқ билан бирга,
Мадҳия айтайлик устозларга биз.
Умрингиз нури минглаб асрга
Етсин, Устоз — мангу фахрга, — дейишади.
(Рақс._______)
1 — бошловчи: Азиз устозлар, биз сизнинг меҳнатингиздан миннатдормиз. Сизнинг ўгитлару панд — насиҳатларингизни асло ёдимиздан чиқармагаймиз.
2 — бошловчи: Чунки биз келажаги буюк, рақобатбардош Қозоғистонни қурувчи ва уни бошқарувчи ёшлармиз. Бу йўлда сизнинг ўгитларингиз биз учун дастуриламалдир.
Зайтуна МУАЛЛИМ..
Яшасам юз йил ҳам чиқмайди эсдан,
Менга илк алифни ўргатган устоз.
Кечирдим мен юзлаб китобни кўздан,
Биринчи дафтарга мен қўйган ихлос —
Яшайди кўнглимда нафасдай азиз,
Қаламим ёзгунча, миннатим чексиз.
Ўткир
Муаллим!.. — У қандай шарафли унвон,
Табиат сирларин, турмуш ҳикматин,
Шуурнинг қудратин кўп равшан, аён —
Насллар онгига у айлар талқин.
Унинг кўзи билан бизлар баримиз
Дунё китобини ўқий бошлаймиз.
Фарангиз
Гуллаб борар экан элда фан ҳар он,
Асрлар, насллар сенга умидвор!
Элнинг муаллими, сенга бу фармон
Тарихлар номидан бўлмиш барқарор.
Улуғ муаллимдан сен олгин ўрнак,
Юлдузлар қуёшдан нурни олгандак.
Асад Мусаев
Яшасам юз йил ҳам чиқмайди эсдан,
Менга илк алифни ўргатган устоз.
Кечирдим мен юзлаб китобни кўздан,
Биринчи дафтарга мен қўйган ихлос —
Яшайди кўнглимда нафасдай азиз,
Қаламим ёзгунча, миннатим чексиз.
Нозима
ЎҚИТУВЧИ ҚАСИДАСИ
Ҳар ҳунарнинг ўзга шавқи, ўзга шони бор,
Ҳар умрнинг умид кутган гулистони бор.
Улуғбекка мухлис тутар бириў,
Узоқ тунлар кўкка тикар жоду кўзини.
Бири врач эл дардига излайди даво,
Бири куйчи — хониш қилар минг турли наво.
Бири боғбон — юртга тутар мева ранго — ранг,
Бири рассом — хатга олар хиллаб буёқ — ранг,
Бастакори куй саралар қалби тубидан,,
Шоирона ҳис келади ҳар мактубидан.
Давлат
Қилич кайраб от ўйнатар бири майдонда,
Бири лочин — парвоз қилар чексиз осмонда,
Бири ёдлар Навоийни — дил малҳами деб,
Бири битар тарихларнинг қолган ками деб.
Матлуба
Бири шоир — қалами тиғ, куйлар кўнгулдан
Шаҳло кўзу, ширин сўзу сочи сунбулдан!
Бири қурар бино, йўллар — демак инженер
Тарихларга номин қўшар эпчил, доно эр!
Юсуф Маматнабиев
Барчасига таълим берган, савод берган ким?
Ҳар авлодга онг бергану, ҳаёт берган ким?
Умидининг бўстонига гуллар эккан ким?
Келажаги — бахтли кунга кўзин тиккан ким?
Ким. уларнинг устози — ю, жафокаши ким?
Ҳам шарафга муясару чин йўлдоши. ким?
Ким беради менга жавоб, қани; айтинг, ким?
Барча одам жавоб берар: удир. муаллим!
Гулнафис
Агар ҳаёт бўстон эса, боғбон муаллим,
Агар ҳаёг карвон эса, сарбон муаллим.
Агар ҳаёт денгиз эса, гавҳар муаллим,
Агар ҳаёт олтин эса, заргар муаллим ’.
Агар ҳаёт узук эса, кўзи муаллим,
Агар ҳаёт шоир эса, сўзи муаллим.
Саломат
Чунки удир ҳар кимсага бергувчи таълим,
Таълим сўзин барчасидан чиқмиш муаллим.
Шараф сенга, обрў сенга, сенга тантана,
Мақтовларга сазоворсан, эй улуғ она!
( Рақс._________)
(Интермедия______)
1 — бошловчи: Устозлар доимо биздан сўрайди, бизга баҳо қўяди. Ҳозир биз уларга савол қўйиб, биз баҳоласак қандай бўларкин?
2 — бошловчи: Жудаям яхши фикр. Ундай бўлса савол биздан, жавоб сиздан, азиз устозлар.
Давомини айтинг:
1. Етти ўлчаб………….. (бир кес).
2. Бирни кессанг……………. (ўнни эк).
3. Бир йил тут эккан киши………….. (минг йил гавҳар теради)
4. Ер ҳайдасанг куз ҳайда,……. (куз ҳайдамасанг юз ҳайда)
5. Бир йигитга…… (етмиш ҳунар оз)
6. Бир кун бурун эксанг,…………. (бир кун бурун ўрасан)
Қизиқарли саволлар:
1. Қачон 3ни кўриб, 15 деймиз? (Соатда)
2. Энг катта ва энг кичик беш хонали сонларни айтинг (99 999, 10 000)
3. Кунларнинг номини, санани айтмасдан кетма — кет беш кунни айтинг
(Ўтган кун, кеча, бугун, эрта, индин)
4. Ниманинг учи ва охирини топиш мумкин эмас? (Халқа ва доиранинг учини топиш мумкин эмас)
5. Энг катта ва энг кичик беш хонали сонларни айтинг (999 999, 100 000)
6. Икки ўқувчи 4 соат шахмат ўйнашди, ҳар бир ўқувчи неча соат шахмат ўйнаган? (4 соат)
7. Кунлардан бир кун чол ўғлига ўттиз тийин бериб шундай дебди:
— Ўғлим, шу пулга нарса олиб келгинки, биз ҳам, товуғимиз ҳам, қўзимиз ҳам тўядиган
бўлсин. Айтинглар — чи, бола нима олиб келиши керак? (Қовун)
8. Анҳор бўйида уч қарағай ўсади. Уларнинг ҳар бирида учтадан йўғон шохи бор, ҳар би йўғон шохида бештадан новда бор. Ҳар бир новдада етти донадан олма бўлса, ҳаммаси бўлиб нечта дона олма бор? (Битта ҳам олма йўқ, қарағайда олма бўлмайди)
Асад Абдуваханов
Устоз
Қиёс этгим келади устозларни қуёшга,
Ўз меҳрини — нурини бахш этади ҳар ёшга.
Билганингда суюниб, билмай қолсанг куюнгай,
Бардошга — ю, бардошга — ю, бардошга.
Ўхшамоғин истайди, энг покиза инсонга,
Етаклайди сени у фан боғига, бўстонга,
Юрагингга ўтқазар, юрагидан ниҳоллар,;
Етганингда вояга боши етар осмонга,
Осмонга — ю, осмонга — ю, осмонга.
Юнус
Устоз йўли порлокдир, устоз йўли ёруғдир,
Устоз кўнгли хазина, саховатга тўлиқдир,
Етсанг устоз қадрига, элинг сени ардоқлар,;
Мўмин, билсанг устозинг отанг каби улуғдир.
Улуғдир у, отангдан ҳам улуғдир.
УСТОЗ
Пулат Мумии
Шодибек Ўқитувчимга
Ўкитувчи меҳрибон устоз,
Ҳеч туганмас Сизга ҳурматим.
Маърифатнинг нур қучоғидан
Мангу топдим бахт — саодатим.
Моҳинур
Болалигим илк баҳорида
Сиз бердингиз қўлимга қалам.
Бир қаламки, мазмуни тийрак,
Унда ҳаёт, эркин меҳнат ҳам.
Юсуф Аҳмаджонўғли
Ўргатдингиз улуғлар номин,
Шу сўзлар — ла чиқди саводим.
Хаёлимдан чиқмайсиз асло,
Сизда тун — кун фикр ила ёдим.
Султоной
Камолотнинг поғонасига
Бошладингиз кўрсатиб оқ йўл.
Миннатдорман, устоз умрбод,
Ҳурматлайди, Сизни ёш кўнгил.
Асад Абдурахманов МУАЛЛИМЛАРГА
Нечоғ бахтиёрман, таъзимда шу тоб,
Сизнинг шаънингизга битмоқдаман байт.
Не одам бўлардим, қўлимда китоб
Бирор ҳарф танимай, турсайдим лоқайд.
Акажон
Сиз — ку «Алифбо»дан «Қомус»гача то
Бари — барисини танитган устоз.
Илк бор Сиз кўрсатган дурахшон Зуҳро
Букун шеърим ичра ташбеҳдир мумтоз.
Аида
Сиз мўъжаз юракда ёколган ёғду,
Оқибат қуёшдек соча олур нур.
Буюклар ҳаққига қасамёд гап бу:
Сиздан бошланади асли Тафаккур.
Оламда кўп эрур муборак онлар,
Табаррук зотлар ҳам гарчанд кўп эрур.
Сизгадир илк раҳмат азиз инсонлар,
Мунис муаллимлар, Сизга ташаккур!
( Рақс.________)
1 — бошловчи:
Рахмат сизга, азиз устозлар,
Пок дил сизни эъзозлар.
Ҳаёт китобидан тинмай,
Дарс беряпсиз бизга эринмай.
Ўкитувчим, маним, меҳри мўллигим.
2 — бошловчи:
Мурғак ақлимга ҳикмат танитган,
Ранг излаган кўзга сифат танитган.
Инсонликка қадр — қиммат танитган,
Ўкитувчим, маним, меҳри мўллигим.
Умр совғалари кўплигим маним
( Рақс.________)
Мардон
УСТОЗ
Дедилар, дунёда асли ким азиз,
Айтдилар, устоздир, устоз бегумон.
Тағин айтдиларки, азиз шубҳасиз
Устозин қадрига етолган Инсон.
Хушноза
МУАЛЛИМ
Шоирга дедилар:
Сиз бахтли инсон,
Халқингиз ардоклар, ҳамма танийди.
Шоир жавоб килди:
Менда бир армон:
Муаллим десалар мени қанийди!
Раҳмат, илк бор кўзим очган устозим.
Қўлимга тутқазиб дафтар ва қалам,
Юрагимга қувонч бериб бир олам,
Гоҳ эркалаб, гоҳ куйиб, гуёки онам,
Раҳмат, илк бор кўзим очган устозим.
Сиздан олдик одоб — аҳлоқ, ҳаёни,
Онгимизга жойлаб ҳар сўз, маънони,
Сўзингиздан англадик биз дунёни,
Раҳмат, илк бор кўзим очган устозим.
Сиз туфайли бугун баланд парвозим,
Устоз, десам жаранглайди овозим,
Бу қўшиғим сизга ҳурмат — эъзозим,
Раҳмат, илк бор кўзим очган устозим.
(Жуманиёз Жабборов)